Sirojiddin Yusupov

Mebel ishlab chiqarishni ichidan bilaman — va unga dastur yozaman.

Loyihadan qadoqlangan zakazgacha bo‘lgan yo‘lni tartibga solaman: detallarga QR yorliq, postlarda skan, ombor va pul hisobi.

Men haqimda

Men mebelchiman. Mebel qanday tug‘ilishini bilaman: loyiha Bazis’da chiziladi, list arrada kesiladi, kromka yopishtiriladi, prisadka qilinadi, keyin detallar qadoqlanib mijozga jo‘natiladi.

Har bosqichda bir xil muammolar: chizma yo‘qoladi, detal adashadi, kim qancha ishlagani daftarda qolib ketadi. Buni o‘zim ko‘rganman — shuning uchun avval o‘zim uchun dastur yoza boshladim. Endi bu dasturlar bilan boshqa mebel korxonalari ham ishlaydi.

Ishlayman: Bazis-Mebelshik · GibLab · HOMAG BHX · Telegram botlar · veb-dasturlar

Loyihalar